Farg‘ona va Samarqandda o‘tkazilgan treninglarda media mutaxassislar sud jurnalistikasi bo‘yicha ko‘nikmalarni egalladi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamkorligida Farg‘ona va Samarqand shaharlarida sud va huquqiy jarayonlarni yoritish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. Mazkur treninglarda mamlakatning turli hududlaridan — Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan 60 dan ortiq jurnalist, bloger va sud xodimlari ishtirok etdi.
Ikki kunlik seminarlar 2025-yil 21–22 iyul kunlari Farg‘onada, 24–25 iyul kunlari esa Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy sud va viloyat sudlari vakillari ham qatnashdi.
Treninglar xalqaro jurnalistika bo‘yicha ikki nafar tajribali mutaxassis tomonidan olib borildi. Unda sud jarayonlarini aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan yoritish, bu borada xalqaro standartlar, milliy qonunchilik va ilg‘or tajribalarga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’ruza, amaliy topshiriqlar va guruhiy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar O‘zbekiston sud tizimi, sud materiallarini yoritishdagi axloqiy va huquqiy me’yorlar, shuningdek, huquqiy axborotni yig‘ish va tahlil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.