YXHT mehnat migratsiyasidan qaytgan O‘zbekiston ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashmoqda
Toshkent viloyatida mehnat migratsiyasidan qaytgan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko’magida otgan tadbirni Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi tashkil etildi.
Seminarda 100 ga yaqin ishtirokchi, jumladan, migratsiyadan qaytgan ayollar, davlat organlari vakillari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Ishtirokchilar turizm va mehmondo‘stlik sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lib, tajriba almashdilar.
“Mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollar nafaqat qimmatli ko‘nikma va tajriba, balki jamiyat rivojiga hissa qo‘shish istagini ham olib kelishadi. Ushbu salohiyatni amalga oshirish inklyuziv iqtisodiy o‘sish uchun muhim ahamiyatga ega," - dedi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen.
Seminar YXHTning ayollar mehnat migratsiyasini samarali boshqarish va mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollarning iqtisodiy reintegratsiyasiga ko‘maklashishga qaratilgan byudjetdan tashqari loyihasi doirasida o‘tkazildi. Loyiha Germaniya, Norvegiya, Turkiya va Koreya Respublikasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.